Piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qidirilyapti
Jamiyat
−
07 iyul 2019
4914Kecha, 6 iyul kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida taxminan soat 3:30 da noma’lum haydovchi noma’lum avtomobilda “Yonariq” MFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-O‘sh” A-373 yo‘lining 151-km.da haydab ketayotib piyoda, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashagan 46 yoshli K.Rahmonqulovni urib yuborgan. Haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish o‘rniga voqea joyida ketib qolgan. Natijada K.Rahmonqulov jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biror-bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishi so‘rayapti.