Piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qidirilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi piyodaning vafotiga sabab bo‘lgan haydovchini qidirmoqda. 

Gap shundaki, kecha, 2 dekabr kuni soat 05:0 larda “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining  Oxangaron tumani hududidan o‘tgan 6-kilometrida noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasini boshqarayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Hodisadan so‘ng haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Piyoda olgan  og‘ir darajadagi tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi va 117-modda 2-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda noma’lum haydovchini aniqlash yuzasidan qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi  ushbu holat yuzasidan biror-bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan jinoyatni fosh  etishda  amaliy  yordam   ko‘rsatishlarini hamda (71)-267-63-79, (71)-267-63-15 yoki (98)-309-87-88 telefoniga qo‘ng‘iroq qilib mavjud ma’lumotlarni taqdim etishlarini  so‘raydi. Ma’lumot taqdim etgan fuqaroning shaxsi oshkor etilmaydi.  


Maqola muallifi

Teglar

YTH IIV

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing