Piyodalar yo‘laklariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatiladi

Jamiyat

image
Blok-postlar qaytyaptimi? Tumanlararo postlarning vazifasi nima? north_east

Blok-postlar qaytyaptimi? Tumanlararo postlarning vazifasi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2022−2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiyada ilg‘or xorijiy tajribaga tayangan holda yo‘l harakatini tashkil etishda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining faoliyatini va o‘zaro hamkorligini “Ravon yo‘l” tamoyili asosida tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda ularning vakolatlari doirasini aniq belgilashni nazarda tutgan holda, ushbu sohadagi munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun normalari bilan tartibga solish, “Yo‘l — piyoda uchun” tamoyilini keng joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, strategiyada quyidagilar belgilandi:

•    yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzuvchilarga, og‘ir oqibatlarga olib kelgan yo‘l-transport hodisalarini sodir etganlarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish;

•    shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘laklariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatish va jamoat va maxsus transport uchun alohida harakatlanish yo‘l polosasi va zamonaviy velosiped yo‘lkalarini tashkil etish;

•    transport va piyodalarning harakatni to‘xtatishi va boshlashi to‘g‘risida ogohlantirishning zamonaviy signal beruvchi tizimlarini joriy etish, piyodalar uchun yangi turdagi o‘tish joylarini tashkil etish.

Shuningdek, qoniqarsiz holati YTHga, ayniqsa o‘limga olib kelgan yo‘l yoki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’ektlari tasarrufida bo‘lgan tashkilotlar yoki organ rahbarlaridan moddiy zararni undirish tartibi joriy etiladi. Piyodalar uchun yangi turdagi o‘tish joylarini tashkil etilishi ham belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing