Piyoda yurganlar endi 100 mln so‘m olishi mumkin. Qanday qilib?
Jamiyat
−
15 yanvar 2022
77005“Sog‘lom turmush tarzi” 1hls.uz platformasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Bu haqda Sport va turizm vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 16 yanvardan boshlab, www.1hls.uz platformasi orqali bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga 3 ming so‘m pul mablag‘i berish tizimi to‘xtatiladi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 15 yanvarga qadar ushbu platforma orqali tegishli talablarni bajargan va elektron hamyoniga belgilangan mablag‘larni to‘plagan barcha fuqarolarga ushbu to‘lovlar amalga oshirib beriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston hududida bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi aholini yanada ko‘proq rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda har hafta yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar o‘rtasida 1 kishiga 100 million so‘m miqdorida pul va 1 000 kishiga velosiped mukofotlari o‘ynaladi.
Ushbu sovrinlar o‘yini har hafta yakunlari bo‘yicha “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali o‘tkaziladi.
Shaffoflik va xolislikni ta’minlash, turli qing‘ir yo‘llar orqali soxta natijalarni qayd etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislari, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etiladi hamda barcha jarayonlar ustidan qat’iy nazorat olib boriladi.
LiveBarchasi