Piskentda tovuq fermasi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Piskent tumanida parrandachilik fermasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Bugun, 21 dekabr kuni soat 15:20 da Piskent tumani, “Kultepa” MFYda joylashgan parrandachilik fermalarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:33 da voqea joyiga yetib borgan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarni kuyish, tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Urganchda somsaxonadan kelib chiqqan yong‘in oqibatida yoyma savdo rastalari yonib ketgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Piskent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing