Pirlo Angliya klubida ish boshlashi mumkin

Sport

image

Mersisaydning “Everton” klubi yaqindagina “Yuventus” murabbiylik postidan iste’foga chiqarilgan Andrea Pirloni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda “Calciomercato” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, “irischilar” vakillari allaqachon Pirlo bilan bog‘langan va og‘zaki kelishuvga erishgan. Agar maosh shartlari hamda boshqa masalalar kelishib olinsa, tez orada “murabbiy transferi” rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Everton”ni italiyalik yana bir mutaxassis — Karlo Anchelotti boshqargan edi. “Papa Karlo” joriy yilning 1 iyun kuni sobiq klubi “Real”ga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pirlo

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing