“Pikassoning sevgilisi” 140 mln dollarga sotildi
Bu qiziq
−
10 noyabr 2023
6778Pablo Pikassoning “Soatli ayol” asari kimoshdi savdosiga qo‘yildi va 139,364 mln AQSH dollariga sotildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Savdo "Sotheby" auksion uyida bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra, suratda Pikassoning sevgilisi Mariya-Tereza Valter qo‘l soati bilan tasvirlangan. Shuningdek, Pikassoning asarlarini o‘rganuvchi Lidiya Gassman soat rassom uchun o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lgani va tasvir “vaqtning zanglagan sevgisi”ni anglatishini bildirgan.
Ma’lumot uchun, surat 1966 yilda Shveysariyaning Bazel shahridagi “Beyeler” galereyasi tomonidan Pikassodan sotib olingan. 1968 yilda esa rasm Nyu-Yorkdagi “Pace Gallery” fondiga qo‘shilgan.
1968 yil noyabr oyida rasmni taniqli amerikalik kolleksioner Emili Fisher Landau xarid qilgan. Yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida rasm uning Nyu-Yorkdagi kvartirasida saqlangan. U 2023 yil mart oyida 103 yoshida vafot etganidan so‘ng, "Sotheby" auksion uyi kolleksiyadagi taxminan 400 mln dollarlik 120 ga yaqin asarning sotish huquqini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pablo Pikasso bilan ishqiy munosabati tufayli mashhur bo‘lgan boshqa bir ayol Fransuaza Jilo 102 yoshida vafot etgandi.
LiveBarchasi