Pikassoning sevgilisi vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Asarlari dunyoning yirik muzeylarida namoyish etilgan rassom Pablo Pikasso bilan ishqiy munosabati tufayli mashhur bo‘lib, o‘z xotiralarini unga bag‘ishlagan Fransuaza Jilo 102 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Deutsche Welle“ nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz rassomi Fransuaza Jilo kecha, 6 iyun kuni Nyu-Yorkdagi uyida vafot etgan.

Jilo 1921 yil 26 noyabrda Parij chekkasidagi Nyoyi-syur-Sen shahrida tug‘ilgan. 1943 yilda u Pikasso bilan fashistlar tomonidan bosib olingan Parijda o‘z asarlarining birinchi ko‘rgazmasida tanishgan. 1946 yilda ular birga yashay boshlagan, ularning Klod va Paloma Pikasso ismli farzandlari bo‘lgan. Oradan vaqt o‘tib, ular ajrashgan.

Jilo hayoti davomida bir nechta kitoblarini nashr etadi. Ulardan eng mashhuri “Mening hayotim Pikasso bilan” esdalik kitobidir. Pikasso mazkur kitobning nashr etilishiga qarshi chiqadi va sud orqali taqiq olishga harakat qiladi, ammo uchta sud ishida ham u mag‘lub bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Fransuaza Jilo Pikassoning sevgilisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing