Pezeshkiyon Isroil bilan urushni tugatishning yo‘lini aytdi
Olam
−
20 iyun
22221Isroil tomonidan hech qanday shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish Isroil-Eron mojarosiga barham berishning yagona yo‘lidir. Bu haqda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bugun, 20 iyun kuni o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Isroil tajovuz takrorlanmasligi uchun kafolatlar ham berishi kerak.
“Biz hamisha tinchlik va barqarorlikka intilib kelganmiz. Biroq hozirgi vaziyatda urushni to‘xtatishning yagona yo‘li – dushman tajovuzini so‘zsiz tugatish va sionist terroristlarning sarguzashtlariga hoziroq va butunlay barham berishning qat’iy kafolatidir”, deb yozdi siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘ida.
Prezident aks holda Eronning dushmanga javobi “qattiq va og‘riqli” bo‘lishidan ogohlantirdi.
Isroilning Eronga yirik zarbalari bilan boshlangan mojaro
13 iyun kuni Isroil fors davlatining turli shaharlarida yadroviy inshootlarga va Eron oliy harbiy rahbariyatining joylashuviga keng ko‘lamli zarbalar berishni boshladi. Hujumlarda Eron bosh shtab boshlig‘i, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni, bir qancha yuqori martabali harbiy amaldorlar va to‘qqiz nafar eronlik yadro olimi halok bo‘lgan. Eronda 13 iyun kunidan beri kamida 585 kishi halok bo‘ldi, 1300 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Eron bunga javoban Isroilga ballistik raketa hujumi uyushtirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq kishi jarohatlangan.
LiveBarchasi
16 iyul