Pezeshkiyon islomiy davlatlar o‘rtasidagi chegaralarni olib tashlashga chaqirdi

Olam

image

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon iroqlik mavqedoshi Abdul Latif Rashid bilan uchrashuvda Yevropa Ittifoqidagi kabi islomiy davlatlar o‘rtasida ham chegaralarni olib tashlashga chaqirdi. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi xabar berdi.

“Prezident ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning uzoq tarixiga to‘xtalib, Yevropa Ittifoqi tajribasidan kelib chiqqan holda islom mamlakatlari o‘rtasidagi chegaralarni olib tashlash yo‘lida harakat qilish zarurligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Eron Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, islomiy mamlakatlar birligini mustahkamlash G‘arb tomonidan kiritilgan barcha sanksiyalarni samarasiz qiladi. Shuningdek, u Eron va Iroq o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik sohasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirish uchun ixtisoslashgan komissiyalar tashkil etishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Eron rahbarining ilk bor prezidentlik safari bilan xorijiy davlat – Iroqqa tashrif buyurgani xabar qilingan edi. U mazkur safar davomida 11-13 sentyabr kunlari Bag‘dod, Erbil va Basra shaharlariga tashrif buyurishi belgilangan. Shuningdek, Eronning avvalgi prezidenti Ibrohim Raisiy davrida kelishuvga erishilgan ikki tomonlama shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Abdul Latif Rashid Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing