Peterburgdan Namanganga uchgan samolyot favqulodda qo‘ndirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 26 noyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Namanganga uchgan samolyot Nijniy Novgorod shahrida favqulodda qo‘ndi.

Namangan xalqaro aeroporti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Aeroflot” aviakompaniyasining A-320 rusumli havo kemasi Sankt-Peterburg-Namangan yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan vaqtida yo‘lovchilardan birida muddatidan oldin to‘lg‘oq jarayonlari boshlangan.

Havo kemasi kuzatuvchilarining aytishicha, tug‘riq jarayonlari yo‘lovchi (tibbiyot xodimi) M. K. boshchiligida amalga oshirilgan. Unga yo‘lovchilardan G. M. hamda havo kemasi kuzatuvchilari Darina Protasova va Varvara Borokova yordam berishgan va o‘g‘il farzand dunyoga kelgan.
 
Shu sababli havo kemasi Nijniy Novgorod shahriga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi hamda ona va bola tibbiyot xodimlari nazoratiga topshirilgan.

Shundan so‘ng havo kemasi Namangan yo‘nalishi bo‘yicha o‘z parvozini amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

572

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing