Xorazmda ikki tumanning IIB boshlig‘i o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining joriy yilning 11 martidagi buyrug‘i bilan tizimda bir nechta lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Podpolkovnik Navruz Baxtiyorovich Xudoyberganov Xorazm viloyati Urganch tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Navruz Xudaybergenov Xorazm viloyati Yangibozor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Azamat Yangiboyevich Masharipov Xorazm viloyati Yangibozor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Azamat Masharipov Xorazm viloyati Gurlan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazmga jo‘nab ketgan va ayni vaqtda viloyatdagi loyihlarning amalga oshirilishi bilan tanishyapti.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing