Peskov Ukraina yerlariga ko‘z tikkan yana bir davlatni aytdi
Olam
−
06 may 2022
18827Polsha Ukraina yaxlitligiga tahdid solishi mumkin. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov shunga ishora qildi, deya xabar berdi TASS.
“Polsha uzoq vaqtdan beri do‘stona munosabatda bo‘lmagan, so‘nggi oylarda esa dushman bo‘lib qolgan. Polshadan Ukraina hududiy yaxlitligi uchun tahdidlar kelishi mumkin – bu aniq fakt”, degan Peskov.
Shu munosabat bilan u Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkinning yaqinda qilgan bayonotini esladi.
“Yodingizda bo‘lsa, bizning Tashqi razvedka xizmati rahbarining yaqinda qilgan bayonotida bu haqda so‘z yuritilgan edi. Bu [aprel oyi oxirida Polsha Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda Ukrainaning bir qismida nazorat o‘rnatish rejasi ustida ishlayotgani] ochiq-oydin haqiqat”, degan Kreml voizi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Vengriya Ukrainadagi urush fonida mamlakatning bir qismini bosib olishni rejalashtirgani haqida aytgan edi.
LiveBarchasi