Yana bir davlat Ukraina yerlariga ko‘z tikkani aytilmoqda

Olam

image

Vengriya Ukrainadagi urush fonida mamlakatning bir qismini bosib olishni rejalashtirgan. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov "UArazom" telemarafoni efirida so‘z ochgan. 

“Negadir u (Vengriya. – tahr.) mamlakat hududining bir qismini tortib olish mumkin deb o‘ylamoqda”, deydi Danilov.

Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi, shuningdek  Budapeshtni Ukrainadagi vaziyat tartibga solinganidan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida ogohlantirgan.

Vengriyaning Ukrainadagi elchixonasi o‘z navbatida, Facebook'dagi sahifasida Danilovning so‘zlarini tanqid qilib, javob bergan.

“Vengriyaning Ukrainadagi elchixonasi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilovning vatanimizga nisbatan bayonotlaridan g‘azablandi. Ushbu bayonotlarda ukrainaliklarda Vengriyaga va uning xalqiga nisbatan nafratni qo‘zg‘atuvchi asossiz, yolg‘on ayblovlar mavjud. Biz Vengriyaga qarshi aytilgan yolg‘on tuhmatlarni, shuningdek ular ortida turgan niyatlarni qat’iyan rad etamiz va qoralaymiz”, deb yoziladi elchixona xabarida.

Bundan tashqari, elchixona vakillari "Ukrainaning vakolatli rahbarlari"dan tushuntirish talab qilgan hamda Danilovni so‘zlaridan voz kechishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing