Peskov Putinning bunkerdagi hayoti haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov pandemiya vaqtida RF davlat rahbari Vladimir Putin maxsus bunkerda yashay boshlagani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Putin Novo-Ogaryovodagi rezidensiyasida yashayapti, degan Peskov Nail Asqarzodaning “Xavfli virus. Birinchi yil” filmi uchun bergan intervyusida.

“Yo‘q, Putin hozir pandemiyadan oldin bo‘lganidek Novo-Ogaryovoda yashayapti. U o‘sha yerda yashaydi, ko‘p hollarda ishlaydi ham, o‘sha yerdan Kremlga keladi”, degan Peskov.

Shuningdek, Putin zarurat bo‘lganda kamdan kam holatlarda xizmat safariga ham chiqib turadi.

Peskov, shuningdek, Prezident Yangi yilni doimgidek oilasi davrasida kutib olishini aytib o‘tgan. Ammo tafsilotlaridan bexabarligini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing