Peskov Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga Rossiya hujum qilganini rad etdi

Olam

image

Rasmiy Moskva Ukrainaning Kiyev shahrida joylashgan Oxmatdet bolalar shifoxonasiga qilingan raketa hujumlari Rossiya harbiylari tomonidan uyushtirilganini rad etdi. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Yana ta’kidlashda davom etamiz. Biz fuqarolik ob’ektlariga zarba bermaymiz. E’tibor faqatgina harbiy ob’ektlarga qaratilmoqda”, degan Peskov.

Ma’lumot uchun, Ukraina hududlariga qilingan mazkur hujum oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘ldi, yana 140 kishi yaralandi. Kiyevda esa 27 kishi qurbon bo‘ldi, yana 82 kishi jarohat oldi. Oxmatdet bolalar shifoxonasida esa 2 kishi halok bo‘ldi va yana 10 kishi yaralandi.

Buyuk Britaniya, Fransiya, Ekvador, Sloveniya va AQSH eng yirik bolalar tibbiyot markazi hamda butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab kasal bolalarni davolashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan Kiyevdagi Oxmatdet shifoxonasi o‘qqa tutilishi sababli BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiyning aytishicha, bugun, 9 iyul kuni tashkilot Xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi a’zolarini Kiyevga hujumning Ukraina versiyasini inkor etuvchi faktlar bilan tanishtiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning raketa zarbalari Ukraina shaharlaridagi asosiy nishonlarga, jumladan Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga tekkani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Peskov bolalar shifoxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made