Peskov Erdo‘g‘anni yolg‘onchiga chiqardi
Olam
−
14 iyul 2023
10031Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin go‘yoki don shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lgani haqidagi so‘zlarini rad etdi. Bu haqda u “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Biz bu haqda hech qanday bayonot bermadik", degan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi Putin go‘yoki don shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lgani haqida bayonot bergandi. Shu bilan birga, Erdo‘g‘an Putin bilan “g‘alla koridorini uzaytirish borasida bir xil fikrda” ekanini aytdi. Biroq kecha, 13 iyul kuni Putin Don kelishuvi bo‘yicha barcha shartlar bajarilmaguncha, Rossiya tashabbusdagi ishtirokini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini aytgan hamda G‘arb kelishuv doirasidagi Rossiya manfaatlariga tegishli va’dalarning hech birini bajarmaganini eslatgandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 22 iyul kuni Istanbulda xalqaro bozorlarga oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha hujjatlar to‘plami (Don kelishuvi) imzolangan. Dastlab shartnomalar 120 kunga tuzilgan bo‘lsa, 2022 yilning noyabr oyida ular xuddi shu muddatga uzaytirilgan. Shu yilning 18 may kuni Rossiya kelishuv muddatini 60 kunga, ya’ni 17 iyulga qadar uzaytirishini e’lon qilib, bu vaqt BMT bilan imzolangan memorandumning bajarilishini baholash uchun yetarli bo‘lishini ogohlantirgan.
LiveBarchasi