Peruning ag‘darilgan Prezidenti 18 oyga qamaldi

Olam

image

Peru sudi sobiq Prezident Pedro Kastiloni davom etayotgan tergov munosabati bilan 18 oyga qamoq jazosiga hukm qildi. Sud majlisi RPP radiostansiyasining YouTube kanalida translyatsiya qilingan. 

“Ayblanuvchi Pedro Kastiloga 18 oy muddatga dastlabki hibsga olish jazosi tayinlansin”, deya qarorni o‘qib eshittirgan sudya.

Pedro Kastilo isyon uyushtirganlikda ayblanib, 20 yilga qamalishi mumkinligi aytilgandi. Ya’ni, sobiq Prezidentga berilgan 18 oylik muddat yakuniy hukm emas. Tergov harakatlari tugasa, Pedro Kastiloga nisbatan oxirgi hukm o‘qiladi.

Joriy yilning 7 dekabr kuni Peru Kongressi politsiya tomonidan qo‘zg‘olon va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanib hibsga olingan Prezident Pedro Kastiloga impichment e’lon qildi.

Shundan so‘ng mamlakatda muddatidan oldin saylov o‘tkazish talabi bilan hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi. Peru Mudofaa vaziri Alberto Otarola Peru hukumati mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilganini bildirdi.

15 dekabr kuni Argentina, Kolumbiya, Boliviya va Meksikaning mamlakatdagi elchilari ushbu davlatlar hibsga olingan Pedro Kastiloni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Bu harakatlari uchun elchilar Peru Tashqi ishlar vazirligiga malahatlashuvlar uchun chaqirtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Pedro Kastil'o

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing