Peru futbolchilari va Ispaniya politsiyasi o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Sport

image

Peru futbolchilari Ispaniya politsiyasi bilan to‘qnash keldi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea muxlislar Peru terma jamoasi futbolchilari bilan ko‘rishishni istagan mehmonxonada sodir bo‘lgan. Bir payt ispaniyalik politsiyachi futbolchilardan birini turtib yuborgan, shundan so‘ng futbolchi holatga javoban huquq-tartibot xodimiga qo‘pollik qilgan.

Keyin perulik futbolchilar va ispan politsiyasi o‘rtasida kichik mushtlashuv bo‘lib o‘tdi.

Peru terma jamoasi Marokash bilan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Madridga kelgan. O‘yin “Civitas Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs 29 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.

Bundan avval 25 mart kuni Peru terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Peru Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing