Peres “Real” murabbiyligi uchun asosiy nomzod kim ekanligini aytdi

Sport

image

“Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso keyingi mavsumdan boshlab o‘zi to‘p surgan “Real”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres ispaniyalik mutaxassis jamoa murabbiyligiga asosiy nomzod ekanligini ta’kidlagan.

Taxminlarga ko‘ra, agar madridliklarning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin 20 kun ichida Yevropa Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogida muvaffaqiyat qozona olmasa, iste’foga chiqariladi. Xabidan tashqari, Raul, Maurisio Pochettino va Tomas Tuxel ham jamoa bosh murabbiyi lavozimiga da’vogarlar ro‘yxatidan joy olgan.

Xabi Alonso “Bayer”ni boshqarishidan oldin klub Bundesliganing quyi ligaga tushib ketadigan zonasida edi. Hozir jamoa turnir jadvalida 8 o‘rinda bormoqda, shuningdek, leverkuzenliklar Yevropa ligasidagi yurishini ham davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Peres

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing