Pepsi yana ta’mlar jangiga start berdi!
Biznes
−
03 avgust 2022
7601O‘zbekistonda yana bir bor Pepsi Taste Challenge start oldi. Ushbu tanlovda har kim o‘zini sinab ko‘rishi mumkin. Tadbirda ishtirok etishni istaganlar ikkita bir xil idishdagi ichimlik ta’mini tatib ko‘radi. Degustatsiyadan so‘ng esa ular qay bir ta’m o‘zlariga ma’qul kelganini bilib oladi.
O‘zbekistonda mazkur aksiya to‘rtinchi marotaba o‘tkazilmoqda.
Pepsi Taste Chellenge ilk bor 1975 yili AQSHda o‘tkazilgan. Mazkur tanlov Pepsi brendining eng o‘ziga xos ommaviy tadbirlaridan biri bo‘lib, testda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan har bir kishi ishtirok etishi mumkin.
Aksiya shartlariga ko‘ra, jamoat joylarida ishtirokchilarga bir xil shakldagi har xil ichimliklar taklif etiladi. Pepsi vakili ushbu ichimliklarni tatib ko‘rishingizni va so‘ng o‘zingizga yoqqan ta’mni tanlashingizni so‘raydi.
Keyin ishtirokchiga “ko‘rmasdan tatib ko‘rish” shartida qay bir ichimlik yoqqanligi ma’lum qilinadi. Tanlov oshkor etilgunga qadar iste’mol qilingan ichimlik brendini iste’molchi ko‘rmaganligi sabab, test natijalari, ko‘pincha, “syurpriz” bo‘ladi va haqiqiy tanlov tasavvurdagidan farq qilishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Pepsi'ning bu yilgi “Ta’mlar jangi”dagi degustatsiya nuqtasi 8 ta bo‘lib, shundan 2 tasi Toshkent shahrida, qolgan 6 tasi Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Urganch va Namangan shaharlarida joylashgan.
Barcha belgilangan manzillarda test sinovlarini olib borish tartibini “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining mustaqil kuzatuvchilari kuzatib boradi. Ular aksiya yakunida dasturning belgilangan qoidalarga muvofiqligini tasdiqlovchi tahliliy hisobot taqdim etishadi.
Siz hali Pepsi tanlovida ishtirok etmadingizmi? Marhamat, bu gal qatnashib, o‘zingizga yoqqan ta’m qanday ekanini bilib oling! Buning uchun degustatsiya nuqtalariga borib, tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Pepsi’ning “Ta’mlar jangi” joriy yilning 29 iyulidan 20 avgustiga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumotni Pepsi Uzbekistan'ning Instagram sahifasidan olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi