Pentagonning sirlarini ochgan askar aybini tan oldi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligining maxfiy hujjatlarini oshkor qilganlikda ayblanayotgan AQSH Harbiy-havo kuchlarining 22 yoshli sobiq askari Jek Teysheyra aybini tan olib, AQSH prokuraturasi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.

Kelishuvning bir qismi sifatida Teysheyra oltita ayblov, jumladan, milliy mudofaa bilan bog‘liq ma’lumotlarni qasddan saqlash va uzatish bo‘yicha aybini bo‘yniga olgan. Buning evaziga prokurorlar Teysheyraga nisbatan jiddiyroq ayblovlar, jumladan, josuslik ayblovini qo‘ymaslikka rozi bo‘lgan.

Shuningdek, tomonlar qamoq muddati bo‘yicha ham bir to‘xtamga kelgan. "Reuters" agentligining aniqlik kiritishicha, prokuratura Teysheyraga 16 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini taklif qilmoqda. Kelishuvdan oldin Teysheyraga har bir ayblov uchun 10 yildan qamoq jazosi xavf solayotgandi.

Qayd etilishicha, Teysheyra 50 ming dollar jarima to‘lashi, shuningdek, o‘zida qolishi mumkin bo‘lgan barcha maxfiy materiallarni qaytarishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning aprel oyida AQSHning Ukraina, Yaqin Sharq va Xitoyga nisbatan siyosatining asl sabablarini ochib beruvchi jami yuzga yaqin maxfiy hujjatlar internetga sizdirilgan edi. Maxfiy fayllarda havo hujumidan mudofaa tarmog‘ini yaratish rejasi ham bo‘lgan. Shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Kiyevga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam berilayotgani haqidagi ma’lumotlar ham ochiqlangan. Hujjatlarda kutilayotgan qurol-yarog‘ yetkazib berish jadvallari, qo‘shinlar va batalon kuchlari fotosuratlari mavjud bo‘lgan. Keyinchalik AQSHning maxfiy hujjatlarini oshkor qilishda gumonlanayotgan 21 yoshli Jek Teysheyra mamlakat Federal qidiruv byurosi tomonidan hibsga olindi. Bostondagi sud Teysheyrani milliy mudofaa ma’lumotlarini ruxsatsiz saqlash va uzatish, maxfiy hujjatlar yoki materiallarni ruxsatsiz olib tashlash va saqlashda aybladi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Pentagon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing