Pentagon Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kema yubormoqda

Olam

image

Kecha, 12 fevral kuni AQSH Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida mintaqaga yana bir aviatashuvchi kema yuborishga qaror qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Karib dengizida joylashgan AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining “Gerald R. Ford” aviatashuvchi kemasi va unga hamrohlik qiluvchi harbiy kemalar Yaqin Sharqqa yo‘l oladi. Kema ekipaji ushbu qaror haqida kecha, 12 fevral kuni xabardor qilingan.

Yangi buyruqqa muvofiq, “Gerald R. Ford” zarba beruvchi guruhi Fors ko‘rfazida joylashgan “Avraam Linkoln”  aviatashuvchi guruhi safiga qo‘shiladi.

Avvalroq, Pentagon mintaqadagi keskin vaziyat sabab ikkinchi aviatashuvchi zarba beruvchi guruhni Yaqin Sharqqa joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rishga buyruq bergan. Biroq, o‘shanda qaysi kuchlar nazarda tutilayotgani ochiqlanmagan.

Ta’kidlanishicha, “Gerald R. Ford” kemasidagi jangovar samolyotlar yanvar oyida Karakasga uyushtirilgan operatsiyada ishtirok etgan. Ushbu operatsiya natijasida Venesuyela Prezidenti Nikolas Maduro qo‘lga olingani aytilmoqda. 

Shuningdek, kecha, 12 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp agar Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa, Vashington Tehronga nisbatan jiddiy choralar ko‘rishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Karib havzasida taxminan 16 ming harbiy xizmatchidan iborat bo‘lgan harbiy guruhni joylashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Yaqin Sharq Pentagon kema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing