Pentagon O‘zbekistonga aksilterror kuchlarini joylashtirmoqchi – OAV 

Olam

image

Pentagon rasmiylari shu oyda O‘zbekistonda AQSHning aksilterror kuchlarini joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qiladi. Bu haqda “Politico” nashri AQSH armiyasining rejalari bilan tanish Kongressdagi manbalarga tayanib xabar bergan.

“Antiterror kuchlarni joylashtirish imkoniyati kun tartibida bo‘ladi. Bunday kelishuv AQSH harbiylariga Afg‘onistondagi nishonlarni yaxshiroq kuzatish va ularga zarba berish imkonini beradi”, deb yozilgan nashrda. 

Avvalroq, Jo Bayden ma’muriyati Afg‘oniston bilan chegaradosh davlatlar bilan birgalikda bunday kelishuvlarni muhokama qilmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi, ammo aniq natijalar haqida hech narsa aytilmagandi. 

Shuningdek, AQSH Qurolli Kuchlari shtablar rahbarlarining birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan AQSH harbiylarining Markaziy Osiyodagi Rossiya bazalaridan foydalanish ehtimolini muhokama qilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

941

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing