Pentagon Rossiya urushga “cho‘ntagi”dan qancha sarflaganini hisobladi

Olam

image

Rossiya Ukrainadagi urushda qo‘shinlarini jihozlash, joylashtirish va saqlash uchun 211 milliard dollar sarflagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pentagonning yuqori martabali rasmiysiga tayanib, “Reuters” ma’lum qildi. 

AQSH Mudofaa vazirligiga ko‘ra, mojaro oqibatida Moskva 1,3 trillion dollar yo‘qotadi.

Xabardan kelib chiqqan holda, rasmiy Kiyevga yordam ko‘rsatish zarurligi haqidagi Kongressdagi muhokamalar kontekstida izoh bergan. 

“Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz uchun AQSH Kongressi qo‘shimcha mablag‘ ajratish qanchalik muhimligi haqida ko‘p gapirganimizni eshitgansiz. Ammo menimcha, biz Rossiya allaqachon qilgan va ko‘rishda davom etayotgan xarajatlar haqida ko‘p gapirmadik”, deydi rasmiy.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Senati 13 fevral kuni yakuniy ovoz berishda Ukraina, Isroil va Tayvanga 95,3 milliard dollarlik yordam paketini ma’qulladi. Qonun loyihasi demokratlar ko‘pchilikni tashkil etgan Kongressning yuqori palatasida 70 ovoz yoqlab, 29 kishi qarshi ovoz bilan qabul qilindi va bu zarur bo‘lgan 60 ovozdan oshib ketdi. Loyihani qo‘llab-quvvatlaganlar orasida 22 nafar respublikachi ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Pentagon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing