Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktoriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktoriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq Medet Abdimuratovich Tleuov byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash mazkur Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Pensiya jamg'armasi

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing