Pensiya uchun hujjatlar yig‘ish va tayinlash tartibi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayonini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “O‘zarxiv” agentligi hamda tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlovi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga elektron so‘rovnomalar yuborish va qabul qilish tizimi orqali amalga oshiriladi;

2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahri Bektemir, Yakkasaroy va Chilonzor tuman bo‘limlari orqali, 2020 yilning 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.

Qaror bilan shunday tartib o‘rnatiladiki, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

a) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqaroning ish staji mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborot tizimiga kiritilgan elektron ma’lumotlarga asosan hisoblanadi;

b) fuqarolarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari:

2005-2015 yillardagi davr uchun - AT “Xalq banki”ning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar;

2016-2018 yillardagi davr uchun - Davlat soliq qo‘mitasining fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri, 2019 yildan keyingi davr uchun esa - ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish reyestri ma’lumotlari asosida tasdiqlanadi.

Ushbu davrlar uchun fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlovchi qog‘oz shaklidagi ma’lumotlar talab qilinishi man etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror pensiya

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing