Pensionerlar xotirjamligi uchun eng yaxshi mamlakatlar aniqlandi

Jamiyat

image

Pensionerlarning tinch va xotirjam yashashi uchun eng yaxshi mamlakatlar Islandiya, Shveysariya va Norvegiya ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tadqiqot Fransiyaning mashhur banklaridan biri Natixis tomonidan olib borilgan. 

"Bloomberg"da ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli ko‘plab mamlakatlarda vaziyat beqaror bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun endigina nafaqaga chiqqan yoki nafaqaga chiqish arafasida turganlar uchun ma’lum xavflar mavjud.

Yuqorida qayd etilgan reytingga jami 44 mamlakat kiritilgan. Unda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yetakchi o‘rinlar berilgan. Qo‘shma Shtatlar bor-yo‘g‘i 18-o‘rinni egallagan.

Past o‘rinlarda Litva, Latviya va Gretsiya qayd etilgan. Bu mamlakatlar 35, 36 va 41-o‘rinlarni egallashgan. Oxirgi – 44-o‘rinda Rossiya turibdi.

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida 65 yoshdan oshgan fuqarolarga uydan ko‘chaga chiqmaslik, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilish aytib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 34 milliondan oshib ketgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing