Penaltilar seriyasiga tayyor edim — dunyoning eng qimmat darvozaboni
Sport
−
12 avgust 2021
4205Dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga UEFA cuperkubogi doirasidagi “Vilyarreal” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:1, 6:5 pen.) o‘z fikrini bildirdi.
“Tassurotlarim cheksiz. Eduard Mendi va butun jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Bu juda qiyin raqibga qarshi eng muhim o‘yinlarimizdan biri edi. Hayriyatki, biz g‘alaba qozondik. O‘yin davomida biror marta to‘pga tegmagan bo‘lsamda, penaltilar seriyasiga tayyor edim, chunki shunday bo‘lishi mumkinligini bilardim. Men o‘z vaqtida, ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishga harakat qildim”, dedi Kepa.
Ispaniyalik posbon 119 daqiqada “Chelsi”ning asosiy darvozaboni Eduard Mendi o‘rniga maydonga tushdi va penaltilar seriyasida ikkita zarbani bartaraf etib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, Kepa Arrisabalaga 2018 yilning avgust oyida Ispaniyaning “Atletik” klubidan 80 million yevro evaziga transfer qilingan edi. Bu darvozabonlar orasida rekord hisoblanadi.