Futbolchilar La Ligaga qarshi yurish boshladi

Sport

image

Kecha, 17 oktyabr kuni Ispaniya La Ligasining 9-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Real Ovedo” – “Espanol” uchrashuvi boshida futbolchilar dastlabki 20 soniya davomida to‘pga tegmay, o‘yinni to‘xtatib turdi. Ular bu harakat orqali La Liga rahbariyatining “Barselona” – “Vilyarreal” o‘yinini AQSHda o‘tkazish qaroriga norozilik bildirishdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu ramziy harakat Ispaniya futbolchilari kasaba uyushmasi (AFE) tashabbusi bilan o‘tkazildi. AFE va jamoa sardorlari AQSHning Mayami shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Barselona” – “Vilyarreal” uchrashuviga qarshi chiqishmoqda. Ularning fikricha, bu loyiha futbolchilarning roziligisiz amalga oshirilmoqda.

“La Ligada shaffoflik, muloqot va izchillik yetishmayapti. Sportchilarni chetlab o‘tish ularning huquqlarini buzishdir”, deyiladi AFE bayonotida.

La Liga rahbariyati esa mojaro yumshashi uchun AFE bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini bildirgan, biroq tomonlar vaqt borasida kelishuvga erisholmadi. Shu tariqa, Mayamida o‘tkazilishi rejalashtirilgan La Liga bahsi rahbariyat va futbolchilar o‘rtasidagi jiddiy to‘qnashuvlarni keltirib chiqarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya La Ligasi doirasidagi “Barselona” –“Vilyarreal” o‘yini tarixda ilk bor mamlakat tashqarisida, Mayamida o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Barselona La Liga Ispaniya Vil'yarreal Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing