Pele zamonaviy futbolda eng yaxshi futbolchi kim ekanligini aytdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni braziliyalik Pele zamonaviy futbolning eng yaxshi o‘yinchisi kimligini aytdi. Uning fikricha, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu eng yaxshi futbolchidir.

“O‘ylaymanki, Krishtianu hozirgi vaqtda eng barqaror futbolchi. Shu o‘rinda Messini ham unutmaslik lozim”, deb o‘z fikrini bayon etgan Pele.

Dunyodagi eng yaxshi futbolchi kim, degan savolga u o‘zi ekanligini aytgan.

“Og‘ir savol. Hech qachon Ziko, Ronaldino, Ronaldu, yevropaliklar – Bekkenbauer, Kroyfflarni unutib bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, Pele eng yaxshisi edi. Nima uchun? Chunki ularning barchasini menga taqqoslashardi”, degan 79 yashar futbolchi.

Edson Arantis du Nasimentu (Pele) Braziliya terma jamoasi tarkibida 92 ta o‘yin o‘tkazib, 77 ta to‘p kiritgan. U jahon chempioni bo‘lish bo‘yicha rekord o‘rnatgan – (1958, 1962, 1970 yillar).


Maqola muallifi

Teglar

Pele

Baholaganlar

613

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing