Pele shifoxonaga tushib qoldi. Sababi sir saqlanmoqda

Sport

image

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele 6 kundan buyon San-Paulu shahridagi shifoxonada yotibdi. Bu haqda “O Globo” nashri xabar berdi.

80 yoshli Pelening sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari borligi haqida xabarlar bir haftacha oldin paydo bo‘la boshlagandi. Biroq, o‘shanda u shunchaki tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganini ta’kidlab, pandemiya cheklovlari tufayli bunga ulgurmaganini qo‘shimcha qilgandi.

Braziliyadan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan so‘ng, Pelening sog‘ligida muammo borligi aniqlangan. Biroq, batafsil ma’lumot OAVdan sir saqlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Pele hujjatli film uchun tasvirga olish jarayonlariga nogironlar aravachasida kelgani aytilgan xabarlar ham tarqalagndi. 

Ma’lumot o‘rnida, Pele uch karra Jahon chempioni bo‘lgan yagona futbolchi hisoblanadi. U 21 yillik faoliyati davomida umumiy hisobda 1281 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing