Peskov O‘zbekistonning Rossiya bilan ittifoqqa qarshiligini yolg‘on deb atadi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov O‘zbekiston Rossiyaning “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzish g‘oyasidan voz kechgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Avvalroq bu haqda “Reuters” ham yozgan edi. 

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, agentlik noto‘g‘ri ma’lumot bergan, so‘zlarni noto‘g‘ri talqin qilgan.  

“Biz nima deyilganini bilamiz. Hech kim siyosiy shartlar evaziga gaz haqida gapirmayapti. Bu ittifoq tuzish g‘oyasi kontekstida bu gap yo‘q”, deydi u bugun, 8 dekabr kuni jurnalistlarga. 

Peskovning qayd etishicha, gap mamlakatlarning tijorat manfaatlari yo‘lidagi harakatlarini muvofiqlashtirish haqida ketmoqda.  

“Bu borada ishlar davom ettirilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Kreml matbuot kotibi, shuningdek, har bir tomon o‘z energiya resurslarini kontragentlarga sotishda davom etishini, faqat tijorat shartlariga e’tibor qaratishini tushuntirdi.

“Mamlakatlar transport yo‘nalishlarini yanada yotqizish, gaz infratuzilmasini rivojlantirishning keyingi yo‘nalishlarini belgilash, tabiiy gazga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishdan manfaatdor va bu yerda hammasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq”, deydi u.  

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar bir-birlari uchun rentabellik va foydani oshirish maqsadida ushbu sohalarni muvofiqlashtirishdan manfaatdor.

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida Kremlda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Putin To‘qayevga uch davlatning gaz bo‘yicha ittifoqini tuzish rejalarini aytgan va bu masala O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilish niyati borligini bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing