Pekin Vashington bilan qarama-qarshilikdan qo‘rqmaydi – Xitoy 

Olam

image

Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlikni olqishlaydi, lekin u bilan qarama-qarshilikdan qo‘rqmaydi. Qarama-qarshilik yuzaga kelsa, u “oxirigacha kurashadi”. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi. 

“Xitoyning pozitsiyasi aniq va o‘zgarmas: agar muloqot teng bo‘lsa, hamkorlik mamnuniyat bilan qabul qilinadi, lekin biz qarama-qarshilikdan ham qo‘rqmaymiz va oxirigacha kurashamiz”, degan Van I hozirgi xalqaro vaziyat va Xitoy diplomatiyasi haqida o‘tkazilgan anjumanda. 

Van I hamkorlik har ikki tomonga ham foyda keltirishini, qarama-qarshilik esa hammaga zarar yetkazishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili qarama-qarshilikning kuchayishi AQSHning Xitoy va Xitoy-AQSH munosabatlariga strategik jihatdan noto‘g‘ri baho berishini yana bir bor namoyish etgan. 

“Qo‘shma Shtatlardagi ba’zi odamlar boshqa mamlakatlarning rivojlanish huquqiga ega ekanligini tan olishni xohlamaydi, Xitoy doimiy ravishda mustahkamlanib, rivojlanib borayotganini tan olishni xohlamaydi, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘z huquqlariga ega bo‘lishi mumkinligiga rozi bo‘lishni xohlamaydi”, deya qo‘shimcha qilgan u. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Kongressi kompaniyalardan Shinjonda ishlab chiqarilgan har qanday tovarda majburiy mehnat qo‘llanilmaganini isbotlashni talab qiladigan qonunni ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing