Pedagog o‘quvchini ayovsiz kaltakladi

3-sahifa

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchisini urayotgan o‘qituvchi holati aks etgan video keng tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu video sinfdagi yana bir o‘quvchi tomonidan tasvirga olingan. Video qachon va qaysi maktabda sodir bo‘lgani bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Lekin mazkur videoda aks etgan holat ancha oldin sodir bo‘lganini o‘quvchilarning barchasi niqobsiz ekanligidan ham anglash mumkin. Hozircha voqea sababi aniqlanmagan. 

Xalq ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari to‘g‘risida” 2020 yil 28 maydagi 131-son buyrug‘iga asosan, o‘qituvchi-pedagoglar jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini hamda qadr-qimmatini kamsitishi, o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki psixologik tazyiq o‘tkazishi qat’iyan taqiqlanadi.

Ma’lum qilinishicha, agarda kimda mazkur hodisa bo‘yicha aniq ma’lumot bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligiga yuborishi mumkin. Holat esa vazirlik tomonidan qo‘shimcha o‘rganib chiqilishi bildirildi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

593

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing