Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibida o‘zgarishlar bo‘ladi

Jamiyat

image

“Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimchalar kiritish kutilyapti. Tegishli qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi qo‘shimchalar kiritiladi:

1. 16-bandning ikkinchi xatboshiga “yozma, ijodiy” so‘zlaridan keyin
“, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy” so‘zlari qo‘shiladi;

2. Quyidagi mazmundagi 591-band qo‘shiladi:

“591. Ta’lim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi:

tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

viloyat miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);

xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).”.

3. 60-bandning “v” kichik bandiga “yozma yoki ijodiy ish” so‘zlaridan keyin “(jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar)” so‘zlari qo‘shiladi.

4. 63-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shiladi:

“Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy sinovlar normativlari Davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilanadi.”.

5. 64-bandga “yozma va ijodiy ish” so‘zlaridan keyin “(jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar)” so‘zlari qo‘shiladi.


Maqola muallifi

Teglar

nizom attestatsiya pedagog

Baholaganlar

130

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing