Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublari O‘zbekistonga olib kelinadi
Jamiyat
−
08 avgust 58784 1 daqiqa
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning dunyo hukmdorlariga yozgan maktublarining papirusga ko‘chirilgan nusxasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ekspozitsiyada ana shunday ulkan ma’naviy va tarixiy qimmatga ega nusxalardan biri – imperator Hiraqlyus (Gerakliyus)ga yuborilgan maktubning ilmiy asoslangan rekonstruksiyasi namoyish etiladi. Shu bilan birga, ekspozitsiyada Efiopiya, Misr, Bahrayn, Ummon hukmdorlari, Fors shohiga yuborilgan maktublar nusxalari ham o‘rin olishi kutilmoqda.
“Ushbu xatlar nafaqat Islomning tinchlikparvar va diplomatik ruhini, balki Rasululloh (s.a.v.)ning siyosiy zakovati va insonparvarligini ham yorqin namoyon etuvchi tarixiy dalillardir”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasiga ko‘ra, Muhammad payg‘ambarning Vizantiya (Sharqiy Rim) imperatori Hiraqlyusga uni Islom diniga da’vat etib yozgan maktubi Iordaniyadagi “Qirol Husayn” masjidi muzeyida saqlanmoqda. Bu maktub hijriy 7 yilda, Muharram oyida, milodiy 628 yilda yozilgan.
Live
Barchasi