Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 avgust kuni xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada 2019 yildan buyon Payariq  tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Dilshod Musinov egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. 

Payariq tumani hokimligiga esa Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Zafar Avazovich Ergashev tayinlandi.

Shuningdek, Payariq tumanidagi sektor rahbarlari ham vazifasidan ozod etildi. Tumanga yangi prokuror, IIB boshlig‘i hamda Davlat soliq inspeksiyasi rahbari tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guliston, G‘ijduvon va Xiva tumaniga yangi hokim tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing