Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat 3774
image

Bugun, 12 avgust kuni Guliston tumani hokimligida Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori Saydimqul Begimqulov Guliston tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Saydimqul Begimqulov 1969 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U 2012 yildan bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilning oktyabr oyidan shu kunga qadar Gafurov Shavkat Alibekovich Guliston tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 114
Reyting: 3
t
×