Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Isroil Ismoilovich Jabborov Samarqand viloyatining Payariq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, bugun, 16 avgust kuni xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilmoqda.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etayotgan mazkur sessiyada Isroil Jabborov Samarqand viloyatining Payariq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Isroil Jabborov 1982 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi axborot-targ‘ibot bo‘limi konsultanti sifatida boshlagan. Shuningdek, 2005 – 2006 yillarda Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kolleji o‘qituvchisi, 2006 – 2012 yillarda Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati referenti, 2012 – 2017 yillarda Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri bo‘lib faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Payariq Isroil Jabborov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing