Pavel Durov Toshkentga kelgani aytilmoqda
Olam
−
24 iyun
14449Bugun, 24 iyun kuni rossiyalik tadbirkor va dasturchi, Sent-Kits va Nevis, BAA va Fransiya davlatlari fuqarosi Pavel Valerievich Durov O‘zbekistonga kelgani aytilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalmoqda.
Qayd etilishicha, Pavel Durov Toshkentdagi fitnes-klublardan birida ko‘zga tashlangan. Shuningdek, Durovning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safari chog‘ida unga hamrohlik qilayotgan bloger Huseyn Gasanov ham Instagram sahifasida Toshkentga yetib kelishgani haqida xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, Pavel Durov Markaziy Osiyoga kelishini ma’lum qilgan va ushbu xabarga binoan 12 iyun kuni Qirg‘izistonga borgandi. U yerda Pavel Durov Issiqko‘l dam olish maskanida ko‘nim topgandi. Unga rossiyalik bloger Huseyn Gasanov hamrohlik qilgandi.
LiveBarchasi