Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi – OAV

Olam

image

Bugun, 28 iyul kuni Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda sud tergovchilari tomonidan so‘roq qilindi. Bu haqda tergovga yaqin manbalarga tayanib, TV5 Monde xabar berdi.

Qayd etilishicha, 40 yoshli Durov so‘roq uchun Parij sudi binosiga mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10:00 da  yetib kelgan. Unga to‘rt nafar advokati – David-Olive Kaminski, Kristof Ingren, Robin Binsar va Ayzek Arnu hamrohlik qilgan. So‘roq ikki tergovchi sudya tomonidan o‘tkazilgan.

Bu 2024 yil yozida ilgari surilgan ayblovlardan keyin Durovning mazmunan uchinchi marta so‘roq qilinishi hisoblanadi. Tergov Telegram platformasining jinoyat faoliyatiga aloqadorlik ehtimoli yuzasidan olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil avgust oyida Telegram asoschisi Pavel Durov Parijdagi Le-Burje aeroportida hibsga olingan edi. Bu hibsga olish Fransiyada olib borilayotgan tergov doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, Telegram'da kontentni yetarli darajada moderatsiya qilmaslik va Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikdan bosh tortish kabi ayblovlar ilgari surilgan.

Durov hibsga olinganidan bir necha kundan so‘ng 5 million yevro garov evaziga qo‘yib yuborildi. Unga mamlakatni tark etish taqiqlanib, muntazam ravishda politsiyaga borib, ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklandi. Faqatgina ma’lum muddatga Dubayga chiqishiga ruxsat berilgan. Ma’lumot uchun, Durov 2021 yilda Fransiya fuqaroligini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing