Past Darg‘om tumani hokimi ham o‘zgardi

Jamiyat

image

Bugun, 3 fevral kuni Jamshid Pardayev Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumaniga hokim etib tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlab kelgan Sherzod Rahmonov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Past Darg‘om tumanida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan. Sessiyada viloyat hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yechimini kutayotgan muammolar haqida gapirgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Sherzod Rahmonov o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan. Shu paytgacha Past Darg‘om tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari  – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Jamshid Arziyevich Pardayev Past Darg‘om tumani hokimi etib tasdiqlangan.  

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi muhim vazifalar belgilab olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Temur Mahmudov Asomiddinovich Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Past Darg'om Jamshid Pardaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar