Qoraqalpog‘iston parlamentining 5 ta deputatlik o‘rni uchun o‘tkazilgan saylov natijasi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Bugun, 21 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylovda natijasi e’lon qilindi.

Kecha, 20 sentyabr kuni o‘tkazilgan saylov natijasiga ko‘ra, beshta partiya bittadan saylov okrugida g‘olib chiqqan.

Nukus shahri bo‘yicha saylovlarda “Adolat” SDP nomzodi Gulxatsha Aymanovna Ayimbetova (“Ayqulash” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli vokal artisti) g‘alaba qozongan.

Ellikqal’a tumani bo‘yicha saylovlarda O‘zLiDeP vakili Bayrambay Perdebayevich Otemuratov (Nukus davlat pedagogika instituti rektori) g‘olib bo‘lgan.

Beruniy tumani bo‘yicha saylovlarda O‘zXDP vakili Adilbek Ruzimuhammadovich Reimbayev (Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i o‘rinbosari), Qo‘ng‘irot tumani bo‘yicha saylovlarda "Milliy tiklanish" partiyasidan nomzod bo‘lgan Paxratdin Yuldashevich Aytjanov ("Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i), Qorao‘zak tumani bo‘yicha saylovlarda Ekopartiya nomzodi Kamalov Murat Qallibekovich (O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori) g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

deputat Jo'qorg'i Kenges

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing