Pashinyanning partiyasi saylovlarda 51 foizdan ortiq ovoz to‘pladi

Olam

image

Armanistonda o‘tkazilgan parlament saylovlarida ovozlarning yarmi sanab chiqilganidan so‘ng Bosh vazir Nikol Pashinyan rahbarlik qilayotgan “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi 51,71 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Armenia Today” xabar berdi.

Armaniston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2005 ta saylov uchastkasidagi ovozlarning 1029 tasi hisoblab chiqilgan. Jami qariyb 596 ming nafar saylovchining ovozi sanab bo‘lingan.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, “Fuqarolik shartnomasi” uchun 303 648 nafar saylovchi ovoz bergan. Ikkinchi o‘rinda “Kuchli Armaniston” bloki 23,2 foiz (136 226 ovoz), uchinchi o‘rinda esa “Armaniston” bloki 9,33 foiz (54 768 ovoz) bilan bormoqda. “Farovon Armaniston” partiyasi esa 4,29 foiz ovoz to‘plagan.

Avvalroq, Pashinyan ovozlarning taxminan 10 foizi sanab chiqilgan paytdayoq o‘z partiyasining g‘alabasini e’lon qilgan edi.

Navbatdan tashqari parlament saylovlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Unda 18 ta siyosiy kuch — 16 ta partiya va 2 ta blok ishtirok etdi. Yakuniy saylov faolligi 58,97 foizni tashkil etgan bo‘lib, ovoz berishda 1 million 476 ming 597 nafar fuqaro qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan saylovoldi debati paytida Armaniston kerak bo‘lsa, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) chiqishi mumkinligi haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing