Pashinyanga muxolifat tomonidan “yaxshi taklif” berildi 

Olam

image

Armanistonning "Yorqin Armaniston" muxolifat partiyasi rahbari Edmon Marukyan Bosh vazir Nikol Pashinyanni Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni ishdan bo‘shatmaslikka chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida yozgan. 

Ta’kidlanishicha, buning evaziga Marukyan muddatidan oldin o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan parlament saylovlari bo‘yicha Pashinyanga "bitim" taklif qilgan. 

"Biz Bosh vazir bilan har qanday hujjatni imzolashga tayyormiz, agar u iste’foga chiqsa va muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkaziladigan bo‘lsa, biz ushbu lavozimga hech qanday nomzod ko‘rsatmaymiz va qo‘llab-quvvatlamaymiz", degan Marukyan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu taklifni amalga oshirish mamlakatni ichki siyosiy inqirozdan olib chiqadi. 

Marukyan Armaniston Bosh vaziri armiyaga qarshi harakat qilishdan bosh tortishi kerakligini ta’kidlagan. 

Muxolifatdagi siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Pashinyan o‘z tarafdorlarining mitinglarini e’lon qilib, "qasddan mamlakatni g‘alayonga olib boradi". 

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi.

Buning sababi Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing