Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydi... Pashinyan va Aliyev Bryusselda ko‘rishdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 31 avgust kuni Belgiya poytaxti Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida muzokara o‘tkazdi va navbatdagi uchrashuvni noyabr oyida o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda  Armaniston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Chegaralarni delimitatsiyasi va xavfsizlik bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi noyabr oyida Bryusselda bo‘lib o‘tadi. Noyabr oyida Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari ham uchrashadi", deyiladi agentlik xabarida. 

Tomonlar, shuningdek, tashqi ishlar vazirlari darajasida tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha mazmunli muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar. 

"Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Tashqi ishlar vazirlari darajasida tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha substantiv muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi bir oy ichida bo‘lib o‘tadi", deyiladi xabarda. 

Tog‘li Qorabog‘ bilan vaziyat

Bundan tashqari, Pashinyan va Aliyev Tog‘li Qorabog‘, harbiy asirlar va delimitatsiya bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan. 

“Bryusselda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari mahbuslarni ozod qilish va bedarak yo‘qolganlar taqdirini aniqlash, chegaralarni delimitatsiya qilish va xavfsizligini ta’minlash, mintaqaviy kommunikatsiyalarni blokdan chiqarish, Qorabog‘da Armaniston-Ozarbayjon munosabatlarini tartibga solish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi”, deyiladi xabarda. 

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha avvalgi muzokaralar 22 may kuni Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida bo‘lib o‘tgan edi. 23 may kuni davlat rahbarlari chegaralarni delimitatsiya qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha komissiyalar tuzish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladilar. Arman komissiyasiga Mger Grigoryan, ozarbayjon komissiyasiga Shahin Mustafoyev rahbarlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog'

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing