Pashinyan Putin va boshqalarga Ozarbayjondan shikoyat qildi
Olam
−
23 noyabr 2022
3781Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning fikricha, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) doirasida Ozarbayjonning Armaniston chegarasidagi xatti-harakatlari bo‘yicha konsensus yo‘q, bu esa ushbu tuzilmaning obro‘siga putur yetkazadi. Bu haqda u bugun, 23 noyabr kuni Yerevanda KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Bugun Armaniston Respublikasining KXSHTga raisligi tugaydi. Bu davr juda ziq bo‘ldi, biz Kollektiv xavfsizlik shartnomasi imzolanganining 30 yilligi va KXSHT tashkil etilganining 20 yilligini nishonladik. Yubileylardan farqli o‘laroq, kayfiyatimiz yubileyga xos emas. Oxirgi ikki yil davomida KXSHTga a’zo Armaniston Ozarbayjon tomonidan kamida uch marta agressiyaga uchradi. Armanistonning KXSHTga a’zo bo‘lishi Ozarbayjonni agressiv harakatlaridan qaytara olmagani tushkunlikka tushiradi va aslida biz bugunga qadar Ozarbayjonning Armanistonga bo‘lgan tajovuziga KXSHTning munosabati bo‘yicha bir qarorga kela olmadik. Bu faktlar KXSHT nufuziga ham mamlakatimiz ichida, ham xorijda katta zarar yetkazadi va men buni Armanistonning KXSHTga raisligidagi asosiy muvaffaqiyatsizlik deb bilaman”, deydi u.
Armaniston Vazirlar Mahkamasi rahbariga ko‘ra, Yerevanning KXSHTga raisligi muvaffaqiyatsizlikka uchragani Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida vaziyatning keskinlashganida ham o‘z isbotini topgan.
“Shu bilan birga, bizning muvaffaqiyatli harakatlarimiz ham o‘z hissasini qo‘shishi kerak: men KXSHTning Qozog‘iston Prezidentining joriy yilning yanvar oyida mamlakatda qonun va tartibni tiklashda ularni qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan murojaatiga tezkor munosabatini nazarda tutyapman. Bunda vaziyatda biz muammoni bir kechada hal qildik, bu esa Qozog‘istonga ichki tartibsizliklardan qochish imkonini berdi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, yig‘ilishda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi