Pashinyan Makronga Qorabog‘dagi vaziyatdan hasrat qildi 

Olam

image

Bugun, 29 avgust kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron telefon orqali muloqotda (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat, shuningdek, mintaqadagi gumanitar inqirozdan chiqish choralarini muhokama qildi. Bu haqda Armaniston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Suhbatdoshlar mintaqadagi mavjud vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Bosh vazir Nikol Pashinyan Ozarbayjonning Lochin yo‘lagini noqonuniy to‘sib qo‘yishi oqibatida Tog‘li Qorabog‘da gumanitar inqiroz chuqurlashgani, shuningdek, uni bartaraf etish choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, suhbatdoshlar mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta’minlash borasida izchil sa’y-harakatlar muhimligini qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Lochin yo‘lagi Armanistonni Qorabog‘ bilan bog‘laydigan yagona yo‘ldir. Joriy yilning 11 iyul kuni Ozarbayjon Lochin chegara punkti faoliyatini to‘xtatgan. Bunga Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga qarashli avtomashinalar orqali kontrabandaning takroriy olib o‘tilishga urinishlar sabab qilib ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 avgust kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron respublika elchilarining yillik konferensiyasida shu haftada Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorlanayotgani va (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroni hal qilishga ko‘maklashishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ozarbayjon Nikol Pashinyan Armaniston Emmanuel' Makron Lochin yo'lagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing