Pashinyan koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin
Olam
−
06 yanvar 2021
2726Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘zini izolyatsiya qilgani sababli Rojdestvo marosimida qatnashmagan. Bu haqda bugun, 6 yanvar kuni “Armenpress” agentligiga Bosh vazirning matbuot kotibi Mane Gevorgyan aytib o‘tgan.
“Pandemiya bilan bog‘liq holda, Bosh vazir o‘zini izolyatsiya qildi”, deydi Gevorgyan.
Biroq, u Pashinyan koronavirus bilan kasallanganmi yoki yo‘qligini aytmagan.
Ayni paytda karantin Armaniston bo‘ylab amal qilmoqda, u 11 yanvargacha davom etadi. Respublikada majburiy niqob rejimi joriy etilgan, agar ishtirokchilar soni 60 nafardan oshsa, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolariga ham quruqlik chegaralari orqali mamlakatga kirish taqiqlanadi, faqat diplomatlar, marhumning yaqin qarindoshlari va xalqaro transportda qatnashadigan xodimlar bundan mustasno. Mamlakatga kirib kegan barcha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Londonda yangi yil ta’tilini oilasi bilan o‘tkazayotgan Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan ham koronavirus bilan kasallangan edi.
LiveBarchasi